+998 91 599-21-55
Logotype

Nabi Saidkarimovich Ziyodullayev

23.09.2020

Nabi Saidkarimovich Ziyadullayev 1944-yil 27-fevralda Toshkentda tug’ilgan. Toshkent xalq xo’jaligi institutini imtiyozli tamomlagan (1965). Iqtisodiyot fanlari doktori (1975). SSSR FA MIMI professori (1978). Matematik uslublar va hududiy-soha shakllarini rejalashtirish va boshqarish bo’yicha ishlari uchun ilm va texnika yo’nalishi bo’yicha butunittifoq Lenin komsomoli mukofoti sovrindori (1978). O’zbekiston Fanlar Akademiyasining korrespondent-a’zosi (1991). Nabi Saidikromovich – 350 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 24 ta shaxsiy va kollektiv monografiyalar yozgan.

2017-yildan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademiklarining faoliyatini yanada takomillashtirish va rag’batlantirish   to’g’risida”gi  (2016) farmoniga muvofiq Nabi Saidkarimovich Zuyodullayev Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining maslahatchisi sifatida Rossiya Federatsiyasining yetakchi akademik va ta’lim tashkilotlari, xususan,  RFA BMI, RFA II, PFA MIMI va M.V.Lomonoson nomidagi MDU bilan yaqin munosabatlar o’rnatishga bog’liq  ilmiy-uslubiy va tashkiliy ishlarda yaqindan yordam bergan. Shu bilan birga, doktorantlar, aspirantlar va magistrlarga ilmiy rahbarlik qilib, maslahat berish ishlarini olib boradi. Chet ellardagi yetakchi ilmiy jurnallarda O’zbekiston iqtisodiyotiga oid dolzarb maqolalari e’lon qilingan.

Hali ham savollaringiz bormi? Ma'lumotlaringizni qoldiring, biz sizga yana qo'ng'iroq qilamiz