Aynur Ibodullayevna Suyarova
Aynur Ibodullayevna Suyarova 1987-yil 13-iyulda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) da tug’ilgan. Otasi Ibodullo Jumayev – o’zbek, onasi Liza Jumayeva – qozoq millatiga mansub. O’zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida voyaga yetgan. Xatirchi tumanining Nodira nomidagi 19-o’rta maktabini 2005-yilda imtiyozli tamomlagan. 2005-yilda Navoyi davlat pedagogika institutiga o’qishga kirib, uni ham imtiyozli tugatgan. 2009-2011 yillarda magistraturada tahsil oldi. 2009-yilda avval Navoiy tibbiyot kollejida, keyinchalik Xatirchi uy-joy kommunal kollejida rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi bo’lib ishladi. 2012-2015 yillarda Samarqand shahridagi 32-o’rta maktabda, 2015-2019 yillarda Jizzaxdagi 17-o’rta maktabda o’qituvchi bo’lib ishladi. 2019-yildan boshlab, Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitetning Jizzax filialida ishlab kelmoqda. Aynur Ibodullayevna Suyarova bir qancha maqolalar muallifi. Turmushga chiqqan, ikki nafar farzandi bor.