Fyodor Ibatovich Razzakov
Farhad Ibatovich Razzakov (Fyodor Ibatovich Razzakovning ijodiy taxallusi) 1962-yil 7- fevralda, baynalmilal oilada dunyoga kelgan: otasi – Ibat Razzakov – o’zbek, onasi Najiya Razzakova – tatar millatiga mansub edi. Moskva shahridagi 325-o’rta maktabda ta’lim olgan. 1981-1983 yillarda Sovet armiyasi saflarida, Litvadagi (Tauraga) strategik raketalar harbiy qismida xizmat qilgan. Xizmat davri yakunlangach, N.K. Krupskaya nomidagi viloyat pedagogika institutining kechki bo’limiga (tarix fakultetiga, 1985-1990) o’qishga kirdi. 1994-yildan boshlab, badiiy ijod bilan shug’ullandi – “Vladimir Visotskiyning hayoti va o’limi” (qo’shiqchi haqidagi birinchi biografik asar) kitobini yozdi. Undan keyin 100ga yaqin kitoblari yozildi. A. Raykin, A. Pugachyova, N. Mixalkov, L. Filatov, A. Mironov, O. Tabakov, V. Xarlamov, D. Rid va boshqalar biografiyasi shular jumlasidan. Razzakovning ikkita kitobi Sh. Rashidov haqida yozilgan: “Politbyurodagi korrupsiya. “Qizil o’zbek” ishi” (2009) va “Rashidovni qutqarish! Andropov SSSRga qarshi” (2019).